Tadbirkorlar toifalarga ajratiladigan mezon belgilandi

Tadbirkorlik subyektlari qator mezonlar asosida kichik, o‘rta va yirik toifaga ajratildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. "Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, tadbirkorlar quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratildi:
kichik tadbirkorlik subyektlari:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
mikrofirmalar – ta’sischilari jismoniy shaxslar bo‘lgan hamda jami daromadi yil davomida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar;
kichik korxonalar – jami daromadi yil davomida 1 milliarddan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar;
o‘rta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 10 milliarddan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar;
yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 100 milliard so‘m va undan yuqori bo‘lgan tadbirkorlar.