Shifokor va teleboshlovchi Yelena Malisheva va kardiolog German Gandelmanning ma’lum qilishlaricha, nafas qisilishi va oyoqlar shishishi yurak sohasi muammolarining alomatlari bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, nafas qisilishi va oyoqlarning shishishi yurak yetishmovchiligi yoki yurakning qonni yaxshi yurgizmasligining alomati bo‘lishi mumkin
“Yurak yomon ishlaganda, qon uzoq turib qoladi va oyoqqa qarab harakatlanadi. Shu sababli oyoqlar shishishi kuzatiladi”, - deydi Gandelman.
Uning aytishicha, oyoq shishishida bemorlarga yurakni UZI ko‘rigidan o‘tkazish tavsiya qilinadi. Bu keyingi davolash muolajalarini aniqlab berishi mumkin.
“Bunday holatda biz birinchi navbatda exokardiografiyadan foydalanamiz”, - deya qo‘shimcha qiladi Gandelman.