Ruslanbek Jiyanov Rossiya klubi bilan shartnoma imzoladi

21 yoshli Ruslanbek Jiyanov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Rossiyaning “Nijniy Novgorod” futbol klubi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi yetakchilaridan biri Ruslanbek Jiyanov transferini e’lon qildi.
Rossiya klubi xabariga ko‘ra, Jiyanov bilan 2026-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tuzilgan. Futbolchi mavsum oxirigacha ijara asosida "Olimpik"da o‘ynaydi. Qayd etish joizki, yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Nijniy Novgorod” safida to‘p surib kelmoqda.
21 yoshli Ruslanbek Jiyanov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum olimpiyachilar libosida 25 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 gol va 4 golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.