Qor, shamol va yaxmalak – bugun qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun Farg‘ona vodiysi bo‘yicha ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Farg‘ona vodiysi bo‘yicha ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, shimolda -2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat -1 daraja sovuq, +1 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -2-7 daraja sovuq bo‘ladi.