TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida Qirg‘izistondan noqonuniy olib o‘tuvchi yer osti yo‘llari aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, 3 va 9-fevral kunlari O‘zbekiston DXX va IIV olib borgan tezkor tadbirlar davomida Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qora-Suu tumani hududidan O‘zbekiston davlat chegarasi orqali Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hududiga olib kiruvchi ikkita yer osti yo‘llari mavjudligi aniqlandi.
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tuvchi yer osti yo‘llari aniqlandi
© Davlat xavfsizlik xizmati
Ularning har birining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150-200 metrga teng.
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga noqonuniy olib o‘tuvchi yer osti yo‘llari aniqlandi
© Davlat xavfsizlik xizmati
Bu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi bilan (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish) jinoiy ish ochilgan.
Surishtiruv olib borilmoqda.