Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Kecha tungi soat 23:30da Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Kecha tungi soat 23:30 da Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.
Qayd etilishicha, dovonda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli zaruriy ishlar amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qamchiq dovoni avtomobil yo‘li qor ko‘chkisi xavfi sababli transport vositalari xarakati vaktincha yopilgangan edi. Dovonida qolgan fuqarolar Ohangaron, Angren, Orzu temir yo‘l bekat va vokzallaridan Pop vokzaligacha yo‘lovchi poyezdda evakuatsiya qilingan.