Putin Munxendagi tarixiy nutqida nima degan edi - video

G‘arbning haqiqiy yuzini fosh qilgan, Putinning Munxendagi nutqi bir necha yil oldin aynan 10-fevral kuni aytilgan edi. Uning asosiy g‘oyalari bilan batafsil Sputnik videosida.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putining 16-yil oldin Munxen anjumanida so‘zlagan nutqi G‘arbda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.
Bugun ushbu tarixiy voqeaga 16-yil bo‘ldi. Keling unda Rossiya prezidenti bildirgan asosiy g‘oyalarni yana bir bor esga olaylik:
G‘arb Rossiyaga doimo demokratiyani o‘rgatadi, ammo negadir o‘zi uni o‘rganishni xohlamaydi;
Zamonaviy dunyo uchun bir qutbli model nafaqat qabul qilib bo‘lmaydigan, balki imkonsizdir;
Qo‘shma Shtatlarning butun huquqiy tizimi o‘z milliy chegaralarini chetlab o‘tib va boshqa davlatlarga ham majburiy qilinmoqda;
NATOning kengayishi - alyansni modernizatsiya qilish yoki Yevropa xavfsizligiga hech qanday aloqasi yo‘q;
Rossiya har doim mustaqil tashqi siyosat yuritish sharafiga ega bo‘lgan vab iz bugun ham bu an’anani o‘zgartirmoqchi emasmiz.
O‘shanda Rossiya prezidenti nutqidan so‘ng AQSh rasmiylari darhol vaziyat aslida bunday emasligini "Rossiya prezidenti narsalarni bo‘rttirib ko‘rsatayotganini", "AQSh aslida Rossiyaning ittifoqchisi" ekanini, "Putinning ushbu nutqi o‘ziga ochko to‘plash" bo‘lganini aytib e’tiroz bildirishgan bo‘lsa-da, bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealar, Ukraina mojarosi, AQShning Yevropadagi siyosati - Putin o‘sha vaqt 100% to‘g‘ri gapni gapirganini tasdiqladi. AQSh va NATO o‘sha vaqtlardayoq nafaqat Yevropa Ittifoqining sharqiy davlatlarini balkim Ukrainani ham ko‘z ostiga olgani, kelajakda uni Rossiyaga qarshi plasdarm qilishni rejalashtirgani fosh bo‘ldi.