TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida charter va muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lum qildi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Sloveniya bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uzbekistan i Sloveniya: partnyorstvo vo imya ustoychivogo razvitiya
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki Uzbekistan
Unda doimiy ravishda qo‘shma biznes-forumlar va “O‘zbekiston va Sloveniyada ishlab chiqarilgan” ko‘rgazmalarini o‘tkazish orqali investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Sloveniya delegatsiyasi rahbari ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida charter va muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Tomonlar bo‘ bo‘yicha aviatsiya idoralari o‘rtasida onlayn maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib olishdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish, shuningdek, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Sloveniya Hukumatlararo komissiyasini tashkil etish tashabbusini ilgari surishga tayyorliklarini bildirishdi.