Murodjon Ahmadaliyev WBA va IBF kamarlarini himoya qilish uchun yana ringga ko‘tariladi

O‘zbekistonlik professional bokschi Texasda filippinlik Marlon Tapales bilan jang qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev 8-aprel kuni AQShning Texas shtatida o‘tkaziladigan professional boks oqshomi doirasida ringga ko‘tariladi.
Ahmadaliyev unda u o‘ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini filippinlik Marlon Tapalesdan himoya qiladi.
“Ringga qaytayotganimdan xursandman. Biroz tanaffus bo‘ldi. Nihoyat biz Tapalesdek ajoyib jangchiga qarshi qiziqarli bahs uchun keldik. U sobiq chempion, uslublarimiz o‘xshash, shuning uchun men 8-aprel kuni bo‘ladigan to‘qnashuvga jangovar ruhda tayyorgarlik ko‘raman”, - dedi Ahmadaliyev filippinlik raqibi haqida fikr bildirayotib.
Ahmadaliyev shu kungacha prof boksda 11 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 8 ta jangni u muddatidan oldin yakunlagan.
30 yoshli Marlon Tapales esa prof ringda 39 marotaba ringga ko‘tarilgan. Janglarining 36 tasida g‘alabaga erishgan (19 ta nokaut). 3 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan (2 ta nokaut).
Eng yengil vaznda toifasidagi bokschi Murodjon Ahmadaliyev 2020-yil boshida amerikalik Daniel Romanni mag‘lub etib, WBA va IBF kamarlariga ega chiqqan edi.
Keyinchalik o‘zbekistonlik bokschi uch marta kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qila olgan.