TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Kiyevning g‘arblik kuratorlariga mamlakat qurol-yarog‘lar sinovi uchun poligon bo‘lib qolishi uchun Ukrainadagi mojaroni cho‘zish foydali. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya ma’lum qildi.
“Ularga (Kiyevning g‘arblik kuratorlariga – tahr.) Ukraina G‘arb qurol-yarog‘ tizimlari sinovlari uchun poligon bo‘lib qolishi, u G‘arb o‘zining Rossiyaga qarshi geosiyosiy ziddiyatida foydalanishi qulay bo‘lgan xususiy harbiy kompaniya vazifasini bajarishi foydali”, - dedi Nebenzya RIA Novosti bilan suhbatda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “qo‘shni mamlakatlarni bir-biriga gijgijlash va o‘zgalar qo‘li bilan urush qilish – bu asrlar davomida foydalanilgan G‘arbning mustamlakachilik amaliyoti”.
Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deb ta’kidladi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.