Toshkentda Turkiya uchun insonparvarlik yordami yig‘ilmoqda – video

Toshkentda Turkiyada zilzilalardan jabrlanganlar uchun xayriya yordamini yig‘ish punkti ochildi.
Sputnik
Insonparvarlik jo‘natmasini O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tashkil qilmoqda.
“Nafaqat tadbirkorlar, balki oddiy xalq ham. Hozir oddiy oilalar ham punktga narsa olib kelishmoqda. Kimdir ko‘rpa, kimdir taglik. Bu holat juda ham ta’sirli. Xalqimizning qalbi shu qadar katta ekan. Shu bois men bir-birimizga hamdard bo‘lib, yordam bera olayotganimizdan barchadan minnatdorman”, - deydi punkt koordinatori Jadida Balabekova.
Punktda issiq kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va birlamchi ehtiyoj buyumlarini qabul qilishmoqda.
Yordam yig‘ilayotgan manzil: Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti texnoparki. Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi 30-uy.
O‘zbekistonliklar Turkiyada jabrlanganlarga qanday yordam berayotganini Sputnik videosida tomosha qiling.