Toshkent aeroportida yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun ikkita zona paydo bo‘ladi

Ikkita hudud taxminan mart oyining oxiriga qadar qurib bitkaziladi. Ularning umumiy maydoni qariyb 1400 kv.m bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zali yonidagi P2 va P3 avtoturargohlarida ikkita yangi hudud quriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” kompaniyasi ma’lum qildi.
“Yo‘lovchilar oqimining jadal sur’atlarda o‘sib borayotgani munosabati bilan yaqinlari va do‘stlari bilan uchrashish uchun kelganlarga uchib kelish terminalida ajratilgan hudud yetarli bo‘lmay qoldi”, - deyilgan xabarda.
Taxminan mart oyining oxiriga qadar umumiy maydoni qariyb 1400 kv.m bo‘lgan ikkita hudud quriladi – biri mavjud soyabonlar o‘rniga, ikkinchisi - ketish va kelish zallari oralig‘idagi R2 avtoturargohida.
Yaqin kunlarda aeroport oldi maydonida qurilish-montaj ishlarini boshlash rejalashtirilgan.