Qamchiq dovonidan fuqarolarni olib o‘tish uchun maxsus poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi

Bugun Qamchiq dovonida qolgan fuqarolar Ohangaron, Angren, Orzu temir yo‘l bekat va vokzallaridan Pop vokzaligacha yo‘lovchi poyezdda evakuatsiya qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Qamchiq dovonidan fuqarolarni olib o‘tish uchun maxsus poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Bugun Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli soat 13:30 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘li avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
Shu sababli fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish shtabi tuzildi. Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” hamkorligida 902-sonli “Angren – Orzu – Pop” yo‘nalishida maxsus poyezd reysi tashkil etildi.
Qamchiq dovoni
Bugun soat 18:00da Ohangaron, Angren, Orzu temir yo‘l bekat va vokzallaridan Pop vokzaligacha yo‘lovchi poyezdda evakuatsiya qilindi. Shuningdek, 901-sonli “Pop – Angren” yo‘nalishida ham fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish ishlari davom ettiriladi.
Favkulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, "Andijon-Termiz" yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdi orqali "Pop-2" stansiyasidan 50 nafar, "Temiryo‘lobod" stansiyasidan 150 nafar yo‘lovchilar o‘z manzillariga yuborildi.
"Ohangaron" stansiyasiga soat 19:40 da, "Angren" vokzaliga 20:10 da, Orzu vokzaliga soat 20:40 da kelishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Qamchiq dovoni avtomobil yo‘li qor ko‘chkisi xavfi sababli transport vositalari xarakati vaktincha yopilgan.