Qamchiq dovoni qor ko‘chkisi xavfi sabab vaqtincha yopildi

Qamchiq dovoni avtotransport vositalari uchun soat 13:30 dan vaqtincha yopildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Qamchiq dovoni qor ko‘chkisi xavfi sabab vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qor ko‘chkisi xavfi tufayli respublikaning boshqa hududlarini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi Qamchiq dovoni avtotransport vositalari uchun soat 13:30 dan vaqtincha yopildi.
Vazrlik vaziyatni tiklash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot uchun, hozirda A-373 “M-39 a/y Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tgan qismining 171-270 km.lar oralig‘ida qor yog‘moqda. Yo‘llarda ko‘rish darajasi 500 metrni, shamol tezligi 8-21 m/s, havo harorati -2 darajani, namlik esa 71% ni tashkil etmoqda.