O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatiga tayyorlanmoqda

O‘zbekistonlik bokschilar Toshketda ilk bor bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Batafsil Sputnik videolavhasida.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev - Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor boks bo‘yicha AIBA jahon chempionati bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Toshkentda 1-14 may kunlari tashkil qilinadigan musobaqada erkaklar 13 ta vazn toifasida ringga tushadi.
Ayni damda o‘zbekistonlik bokschilar ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mashg‘ulotlar har kuni Olimpiya zaxiralari kollejida bo‘lib o‘tmoqda. Bokschilarni tayyorlashda tajribali murabbiylar o‘z hissasini qo‘shmoqda. Batafsil Sputnik videolavhasida.