Navoiyning jangovar mahorati va Guliga muhabbati - sovet davridagi filmga oid faktlar

Alisher Navoiy haqida bundan 76-yil avval suratga olingan sovet filmi haqida materialimizda o‘qing.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Bugun, 9-fevral o‘zbek va turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi nishonlanmoqda.
Navoiy haqida bundan 76-yil avval (1947 yil) Toshkent badiiy filmlar kinostudiyasi tomonidan sovet filmi suratga olingan. Unda XV asrda yashab ijod qilgan shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy hayoti haqida hikoya qilinadi.
Film badiiy rahbari Komil Yormatov, ssenariy mualliflari Aleksey Speshnev, Izzat Sulton, Uyg‘un, Viktor Shklovskiy, tasvirchi Mixail Krasnyanskiy bo‘lgan.
Navoiy rolini Komil Yormatov ijro etgan. Sputnik fototasmasida filmning qisqa sujeti bilan tanishing.
1 / 9

Alisher Navoiy Temur saltanatining vorisi shahzoda Husayn Boyqaro bilan talabalik davridan do‘st bo‘lgan. Husayn Boyqaro taxtga o‘tirgach, Navoiy unga davlatni boshqarishda yordam bergan.

2 / 9

Muvaffaqiyatli urushlar davridan so‘ng, Navoiy Husaynning nabirasiga ustozliq qiladi. Biroq tez orada sultonning qarindoshi shahzoda Yodgor urush olib borib, to‘g‘onni buzib, dehqonlarni suvdan mahrum qiladi.

3 / 9

Jang oldidan vazir Majiddin xiyonat qiladi, lekin Navoiyning jangovar mahorati tufayli jangda g‘alaba qozoniladi. Husayn Yodgorni avf etadi. Tez orada Yodgor Hirot qal’asini egallaydi. Husayn esa vazirning maslahatiga amal qilib, qo‘shin chiqarishga ikkilanadi.

4 / 9

Alisherning o‘zi fidoyi shogirdlari Jaloliddin, Mansur (vazirning o‘g‘li) va oshpaz Abulmalik yordamida yashirincha qasrga kiradi. U yerda Yodgorni bog‘lab, unga xoin vazir nomini berish uchun sultonning huzuriga olib ketmoqchi bo‘lishadi.

5 / 9

Alisher Yodgorning qatl etish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi. Sulton Alisherni bosh amir, Mansurni Hirotga soliq yig‘uvchi qilib tayinlaydi.

6 / 9

Dehqonlar va hunarmandlar Hirotda soliq to‘lashdan to‘xtaydilar va shaharni egallab, qurollanib oladilar. Husayn shaharni zo‘rlik bilan olishga qaror qiladi, lekin o‘rniga Alisherni “adolat uchun” qal’aga jo‘natadi.

7 / 9

Alisherni shaharga kiritishadi va odamlar birinchi navbatda beklarga tegishli suv taqsimotidagi adolatsizliklar haqida gapirishadi. Mansur aybdor deb topiladi va qatl qilinadi. Shahar qaytarib beriladi. Lekin beklar Husayndan Alisherni lavozimdan olib tashlashni talab qiladilar.

8 / 9

Iltimosni bajarish uchun Sultonga Guli isimli qizni sovg‘a sifatida olib kelishadi. Alisher Husaynga Guliga bo‘lgan muhabbatini tan olib, uni o‘zi bilan ketishiga ruxsat so‘raydi.

9 / 9

Lekin yo‘lda Guli vazirdan olingan zahar tufayli vafot etadi. Alisher yolg‘iz yashab, qarigan chog‘ida qal’aga qaytadi. Vazir hiyla-nayrang bilan Husaynning nabirasini o‘ldiradi. Alisher va Husayn uchrashib, abadiy ajralishadi.

Filmni to‘liq quyida tomosha qilish mumkin.