JIDUda Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti ochildi

8 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining rasmiy ochilishiga bag‘ishlangan taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti ochildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Institutning rasmiy ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Tashqi ishlar, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, yetakchi davlat va xususiy kompaniyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
“Marosimdan ko‘zlangan maqsad vazirlik va idoralar, ilmiy markazlar, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar va yirik kompaniyalar vakillarini institut va uning markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish edi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, mazkur muassasa mutaxassislari bilan dolzarb sohalar va muhim yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.