TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekistonda shahar hududida doimiy aholi soni ko‘p. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
2023 yilning 1-yanvar holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etgan. Shundan:
shahar aholisi – 18 335,7 ming kishi;
qishloq aholisi – 17 689,2 ming kishi.
2023 yilning 1-yanvar holatiga doimiy aholi tarkibida shahar hududida yashovchilar soni qishloq hududida yashovchilar sonidan 646,5 ming nafarga ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bo‘yicha 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYo organlarida 850 282 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.