Turkiyadagi zilzila: qidirilayotgan o‘zbekistonliklar bilan aloqa o‘rnatildi - video

Turkiyaga yetib borgan O‘zbekiston FVV bo‘linmalari Hatay provinsiyasining Ovakenti va Jumabozorida qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida qidirilayotgan 2 nafar o‘zbekistonlik bilan aloqa o‘rnatildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlog‘ida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik o‘zbeklar istiqomat qiladi.
O‘zbekiston FVV

“7 fevral 17:00 holatiga Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 15 nafar vatandoshlarimiz qidirilayotgan edi, bulardan 2 nafari bilan aloqa o‘rnatilib, 13 nafarini qidiruv ishlari davom etmoqda”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston FVV
Ishlar 24 soat uzluksiz yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qutqaruvchilarga UMKE tashkiloti mutaxassilari yordam bermoqda.