Toshkentni energiya resurslari bilan ta’minlash yaxshilanadi

Shaharda qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yo‘naltiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Toshkent shahrini energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida qo‘shimcha ishlar bajariladi. Ularni prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokidagi yig‘ilishda belgilab berdi.
Xususan, davlat rahbari
- sanoat zonalari va yirik korxonalarda quyosh panellari o‘rnatish orqali 400 million kilovatt soat elektr chiqarish bo‘yicha loyihalarni boshlash;
- ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida quyosh panellarini o‘rnatish hisobiga 75 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarishni ta’minlash;
- Yuqorichirchiq tumanida 500 megavattli yirik quyosh elektr stansiyasini qurish;
- poytaxtdagi sanoat korxonalarida elektr yo‘qotishlarini 1 foizga kamaytirish va energiya samaradorligini 3 foizga oshirish;
- 1 ming 817 ta ko‘p qavatli uylarning ichki isitish tizimini to‘liq yangilash;
- 300 kilometr magistral issiqlik tarmoqlarini yangilab, yo‘qotishlarni 5 foizga kamaytirishni topshirdi.
Umuman, shaharda qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yo‘naltiriladi.
Energetika masalalarini hal qilishda qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi