TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Ezgulik mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bu yerda 26 ta ko‘p qavatli uy bor, 6 mingdan ziyod aholi yashaydi.
Shavkat Mirziyoyev posetil maxallyu Ezgulik Sergeliyskogo rayona goroda Tashkenta i pobesedoval s jitelyami.
Prezident mahalla vakillaridan hol-ahvol so‘radi. Mahalla nuroniylari o‘tgan sovuq kunlarda xalq va davlat idoralari xizmatchilarining birligi bilan qiyinchilik ortda qoldirilganini aytdi.
Qayd etilishicha, energetika va kommunal xizmatlar 24 soat davomida ishlagan, tezkor choralar ko‘rib borilgan. Xususan, mahalladagi transformator ham yangilangan.
Shavkat Mirziyoyev posetil maxallyu Ezgulik Sergeliyskogo rayona goroda Tashkenta i pobesedoval s jitelyami.
“Bu bizga saboq bo‘lishi kerak. Energetikada 3-4 karra ko‘proq zaxira yaratishimiz zarur. Shuning uchun qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga e’tibor berapmiz. U - muqobil, ishonchli va ekologik toza”, - dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev posetil maxallyu Ezgulik Sergeliyskogo rayona goroda Tashkenta i pobesedoval s jitelyami.
Mahallalardagi ustuvor vazifa aholi bandligi va yoshlar tarbiyasi ekani ta’kidlandi. Nuroniylar tinchlik-xotirjamlik, xalqqa farovonlik tilab duo qildi.