Malayziya aviakompaniyasi Kuala-Lumpur — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklamoqda

Parvozlar har o‘n kunda bir marta “Airbus A330” samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Malayziyaning “Malaysia Airlines” aviakompaniyasi “Kuala-Lumpur — Toshkent — ​​Kuala-Lumpur” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklamoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
“Birinchi charter reys 2023-yil 1-martga belgilangan”, - deyiladi xabarda.
Parvozlar har o‘n kunda bir marta “Airbus A330” samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Malayziya aviatashuvchisi O‘zbekistonga ilk parvozini 2022-yil 9-iyul kuni amalga oshirgan edi.
“Malaysia Airlines” — shtab-kvartirasi Selangor shtatida joylashgan Malayziyaning milliy davlat aviakompaniyasi.