Davlat tadbirkor va aholi ishlab chiqargan elektr energiyasini sotib oladi – prezident

Prezident elektr ishlab chiqarishda davlat monopoliyasidan ketib, raqobatli muhit joriy qilish zarurligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Tadbirkor va aholi ishlab chiqargan elektr energiyasi davlat tomonidan kafolatli sotib olinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Prezident elektr ishlab chiqarishda davlat monopoliyasidan ketib, raqobatli muhit joriy qilish zarurligini ta’kidladi.
Jumladan, panel o‘rnatgan tadbirkorlar ishlab chiqargan elektrni davlat kafolatli sotib oladi. Keyingi yildan esa boshqa iste’molchilarga ham sotishi mumkin bo‘ladi.
Qayd etilishicha, aholi o‘z xonadonida panel o‘rnatsa, ehtiyojidan ortiq tarmoqqa sotgan elektr energiyasining har bir kilovatti 1 ming so‘mdan sotib olinadi (hozirgi tarif 295 so‘m).
Shuningdek, har oyda hisob-kitob qilinib, mablag‘lar xonadon egasining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.