Xitoy elchisi "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Szan Yanni qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonda diplomatik missiyasi yakunlanayotgan Xitoy elchisi "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Szan Yanni qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev
Davlat rahbari elchining O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi sermahsul ishlari va faol sa’y-harakatlarini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Prezidentning farmoni bilan ikki tomonlama munosabatlarda bugungi darajaga erishilishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun elchi Szan Yan mamlakatning yuksak davlat mukofoti — "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi.
Shavkat Mirziyoyev
O‘tgan yilning sentabr oyida XXR Raisi Si Szinpinning O‘zbekistonga davlat tashrifi muvaffaqiyatli o‘tdi.
Keyingi bir necha yilda tovar ayirboshlash ikki barobar ko‘paydi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni uch barobarga oshdi. Yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini ilgari surish bo‘yicha amaliy hamkorlik boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq TIV rahbari Baxtiyor Saidov Szan Yanni qabul qilgan edi. Xitoy elchisi Szan Yan O‘zbekistonda o‘z faoliyatini 5-yil davomida olib bordi. U avval Xitoyning Rossiya va Qozog‘iztondagi elchixonalarida ham ishlagan.