Toshkentda qurilish bo‘yicha xalqaro ko‘rgazma va anjuman bo‘lib o‘tadi

Fevral oyining oxiri mart oyining boshida Toshkentda qurilish bo‘yicha yilning eng xalqaro ko‘rgazmasi va anjumani bo‘lib o‘tadi. Batafsil Sputnik muxbiri xabarida.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev - Sputnik. O‘zbekistonning asosiy qurilish ko‘rgazmasi "UzBuild 2023" 28-fevral-3 mart kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Unda Avstriya, Daniya, Germaniya, Ispaniya, Hindiston, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Belarus, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston, Finlyandiya va boshqa mamlakatlardan 300 dan ortiq kompaniya va brendlar o‘z ishtirokini tasdiqlagan.
Germaniya, Hindiston, Turkiya, Rossiyaning milliy pavilionlari, shuningdek Tatariston Respublikasi, Boshqirdiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasining Orenburg, Volgograd viloyatlari va boshqalarning jamoaviy stendlari ishtirok etishi ham rejalashtirilgan.

ICCI xalqaro qurilish anjumani

Xalqaro ko‘rgazma doirasida Qurilish sanoati yetakchi mutaxassislari, xalqaro ekspertlar ishtirokida ICCI (International Conference of Construction Industry) anjuman ham bo‘lib o‘tadi.
ICCI IV-xalqaro anjumanida Rossiya, Qozog‘iston, Avstriya, Turkiya, O‘zbekiston va Shvetsiyadan 20 nafar spiker va 150 dan ortiq delegat o‘z ishtirokini tasdiqlagan. Shu bilan birga, 20 ga yaqin mamlakatlardan mehmonlar tashrif buyuradi.

“Bu yilgi anjuman qurilish sanoatining eng dolzarb jihatlariga bag‘ishlangan fokus-sessiyalar formatida o‘tkaziladi. Unda muhokama qilish uchun zamonaviy qurilishda yangi yondashuvlar, tendensiyalar va xalqaro standartlar, qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish, tijorat va mehmonxona ko‘chmas mulki, qurilishni boshqarish kabi dolzarb mavzular taklif etilgan”, - dedi xalqaro anjuman menejeri Nodira Hayitboyeva.

Ko‘chmas mulk bo‘yicha yetakchi konsultantlar tijorat ko‘chmas mulki, mehmonxona biznesi, loyihalar va ko‘chmas mulkni boshqarish sohasida o‘z ishlanmalari va g‘oyalarini taqdim etadi.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglanadi:
zamonaviy qurilish. Sanoatni transformatsiyasi va raqamlashtirish;
tijorat ko‘chmas mulk;
mehmonxona biznesi;
qurilish, pardozlash va ko‘chmas mulkni boshqarish;
qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish;
qurilish materiallarini ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalar va global tendensiyalar.
Undan tashqari, anjumanida qurilish sanoatini raqamlashtirish mavzusida ham taqdimotlar bo‘lib o‘tadi.

“Qurilish sanoatini raqamlashtirish bugungi kunda dolzarb amaliyotlardan biridir. Bunda "PlanRadar Software Trading", "Marks Group" i "Live Soft International" kompaniyalari tomonidan ma’lumotlar taqdim etiladi”, - dedi menejer.

ICCI Tashkent IV xalqaro anjumani O‘zbekiston qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
ICCI -Qurilish sanoati xalqaro anjumani