Tibbiy ma’lumotnomalar elektron shaklda beriladi

2024 yil 1-yanvardan tibbiy ma’lumotnomalarni qog‘oz shaklda talab qilish taqiqlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalar berilishi bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladi. Bu umumxalq muhokamasi uchun joylangan 2023-yilgi davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalar:
Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida – 2023-yil 1-iyuldan;
Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida – 2023-yil 1-oktabrdan;
respublikaning boshqa hududlarida – 2024-yil 1-yanvardan elektron shaklga o‘tkaziladi.
Shunga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan tibbiy ma’lumotnomalarni qog‘oz shaklda talab qilish taqiqlanadi.
Hujjat loyihasi 22-fevralga qadar muhokamada bo‘ladi.