O‘zbekistonlik yosh kurashchilar Turkiyadagi zilzila o‘chog‘idan olib chiqildi

Sportchilar Istanbul shahriga yo‘l olishadi va u yerdan Toshkentga qaytib kelishadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh kurashchilar Turkiyadagi zilzila o‘chog‘idan olib chiqildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyaning Kahramanmarash shahrida 3-6 fevral kunlari o‘tishi belgilangan xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan edi. Biroq mazkur hudud ayni paytda episentr markaziga aylanib qoldi.
Shu sababli Kahramanmarash shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etgan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Anqara shahriga olib kelindi.

“Kecha O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev sportchilarni mamlakatga olib kelish uchun Istanbulga jo‘nab ketgan edi. O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ko‘magi bilan amalga oshirilgan jarayon muvaffaqiyatli o‘tkazildi”, - deyiladi xabarda.

Hozirda barcha sportchilarning salomatligi yaxshi. Rejaga muvofiq, ular dastavval Turkiya poytaxtidan Istanbul shahriga yo‘l olishadi va u yerdan Toshkentga qaytib kelishadi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat qildi