TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Ukrainadagi maxsus operatsiya yil oxirigacha yakunlanadi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi.
“Yil oxirigacha maxsus operatsiya tugaydi. Yevropa davlatlari o‘z harakatlarining noto‘g‘riligini tan oladi, G‘arb tiz cho‘kadi va odatdagidek Yevropa davlatlari Rossiya Federatsiyasi bilan barcha sohalarda hamkorlik qilishga majbur bo‘ladi. Boshqachasi bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham”, - dedi Qodirov Yevropa davlatlari bilan parvozlarni qayta tiklash haqidagi savolga javob berar ekan.
2022 yil 24-fevralidan buyon Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.