Davlat xavfsizligiga ochiq tahdid va Pentagonning bema’niligi AQShning, umuman kollektiv G‘arbning harbiy-siyosiy tahqirlanishi va texnologik jihatdan ortda qolayotganini anglatadi. Biroq, agar Vashington eskalatsiyaning ma’lum bo‘lmagan maqsadlarini ko‘zlayotgan bo‘lsa, hammasi ko‘ringanidek oson emas.
Pentagon vakili general Patrik Rayder 2-fevral kuni Xitoyning "josus havo shari" aynan hozir va bir necha kundan buyon ham AQSh ustidan parvoz qilayotganini aytdi. Shimoliy Amerika havo-kosmik qo‘mondonligi sharning yo‘nalishini “tijorat havo harakatidan ancha yuqori” balandlikda kuzatib bormoqda. Chet el "razvedka apparati" go‘yoki “yer yuzidagi odamlarga harbiy yoki jismoniy xavf tug‘dirmaydi”. Va shunga qaramay, 50 km dan oshiq balandliklarda, shar kameralari sun’iy yo‘ldosh monitoringiga qaraganda yuqori sifatli foto-video o‘lchamlari bilan AQShning minglab kvadrat kilometrlarini kuzatishga qodir. Yerdan 100 km balandlikda koinot boshlanadi, unda transport vositalari istalgan davlat hududi ustidan uchib o‘tish huquqiga ega. Aerostatning yuqori balandlikdagi rekordi - 53 km. Agar qurilma pastroq bo‘lsa, AQSh hududida harakatlanayotganda yetarlicha katta obyektni urib tushirishga, keyin bo‘laklarning qaysi davlatga tegishli ekanligini aniqlashga va mojaroni diplomatik kanallar orqali “hal qilishga” hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Natijada – “qichqiriq ko‘p, natija yo‘q”.
Xitoy ikki yildan ko‘proq vaqtdan buyon AQShning raketalarni aniqlash tizimini “aerostat”lar yordamida o‘rnatganini hisobga olsak, bu voqea hayratlanarli yangilik emas. Pentagon bunday parvozlarni oldin ham qayd qilgan.
Shunday tasavvur paydo bo‘ladiki, Pentagon Ukrainadagi harbiy harakatlar teatridan Xitoy bilan mojarolarga o‘tish uchun siyosiy spekulyatsiyalar va eskalatsiyalarga bahona topayotgandek.
Shamol oqimlari tufayli 2-fevral kuni AQSh havo hududiga olib kirilgan chet el shari AQSh kongressmenlarining g‘azabini qo‘zg‘atdi - Xitoy AQSh suverenitetini buzganlikda ayblandi. “Damokl shari” AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning Pekinga tashrifi bekor qilinishiga, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Sensatsiya ortidan quvib
Taxminan 50 km tepalikdagi aerostatni urib tushirish texnologik jihatdan imkonsiz. Va shunga qaramay, Nevadadagi Nellis havo kuchlari bazasidan ikkita beshinchi avlod F-22 Raptor qiruvchi samolyotlari 1-fevral kuni to‘xtatib turish uchun ko‘tarilib, obyektni vizual kuzatdi va uni Montana ustidan vatandoshlari uchun xavfsiz tarzda urib tushirishi mumkin edi. Ushbu shtatda aholi zichligi – 1 kv km.ga uch kishidan kamroq kishi, ammo bu yerda Minuteman dengiz ballistik raketasi bor. Pentagonning AQSh hududi ustidan uchayotgan aerostat ortidan quvishi ishonarli ko‘rinmaydi, “ehtimol Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan uchirilgan” degan sharh xam g‘alati. Noma’lum davlatning uchar obyekti tomonidan “gegemon” ning harbiy-texnologik tahqirlanishi.
Amerika razvedkasi vakillarining ta’kidlashicha, og‘ir texnikaga ega zond dastlab Aleut orollari va Alyaska ustidan, so‘ngra Kanada ustidan uchib o‘tib, AQSh materikiga yetib kelgan, ammo start joyi noma’lum. Avvalroq AQSh harbiy bazalari joylashgan Gavayi va Guam orollarida kuzatuv tizimlari o‘rnatilgan shunga o‘xshash havo sharlari topilgan edi. Pentagonning qayd etishicha, bu gal havo shari o‘zini g‘alati tutmoqda – “u uzoq vaqt davomida osilib turadi va avvalgi holatlarga qaraganda mustahkamroq”.
Amerika tomoni stratosferadagi “qo‘pol harakatlar” Xitoyning Shimoliy Dakotadagi yer uchastkasini (qishloq xo‘jaligi korxonasi uchun) sotib olishga urinishlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelganini - uchuvchisiz samolyotlar sinov parvozlari o‘tkazilayotgan harbiy obyektdan atigi 20 km uzoqlikda ekanligini ta’kidlamoqda.
Xitoy TIV matbuot kotibi Mao Nin bugun hukumat vaziyatni o‘rganayotganini, biroq “Xitoy biror mamlakatning hududiga va havo maydoniga hujum qilish niyatida emas”ligini ma’lum qildi.
Amerikaliklarning havotirlari o‘rinli, Xitoy sezilarli tarzda AQShni yuqori texnologiyali qurollarni ishlab chiqarish borasida ortda qoldirmoqda. Va yaqindagina oltinchi avlod qiruvchisining o‘z konseptini taqdim etdi. Pekin Ukraina mojarosida Amerikaga qarshi pozitsiyada. Vashington Xitoyga qarshi birlashishda Janubi-sharqiy Osiyoda harbiy ittifoqdoshlarini qidirmoqda.
Qudratli Xitoy bilan urushda amerikaliklar va ularga satellit mamlakatlarga butun iqtisodiy va harbiy resurslarini yo‘naltirishga to‘g‘ri keladi, Ukrainadagi harbiy harakatlar teatri esa dunyo voqalarining bir chetiga surib qo‘yiladi. Ursula fon der Lyayenning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish borasidagi va’dalari Yevroittifoq va NATOning real imkoniyatlariga mos kelmaydi. AQSh osmonidagi chet el aerostati holati fonida Kiyev rejimi qo‘g‘irchoqlari alam o‘tida yonishi kerak.