TOShKENT, 6 fev - Sputnik. 5 fevraldan Yevroittifoq va “Katta yettilik” mamlakatlarining (Yevropa blokiga a’zo mamlakatlardan tashqari. Unga AQSh, Kanada, Yaponiya va Buyuk Britaniya ham kiradi) Rossiyadan neft mahsulotlariga embargo qo‘yish to‘g‘risida cheklov kuchga kiradi.
Shu bilan birga, yakshanba kuni Yevropa Ittifoqi, “Katta yettilik” va Avstraliya tomonidan tasdiqlangan uchinchi mamlakatlarga Rossiyaning qayta ishlangan mahsulotlari uchun narx chegarasi ham kuchga kiradi.
Dunyo yog‘ilg‘i bozorida qanday yangi sharoitlar bo‘ladi, G‘arb cheklovlarining Rossiya va Yevropa mamlakatlariga ko‘rsatadigan oqibatlari haqida Sputnik ekspertlar bilan suhbatlashdi. Batafsil – materialda
Tugallanmagan istisnoli embargo
Rossiya neft mahsulotlariga qo‘yilgan embargo xuddi Rossiyadan neft mahsulotlari yetkazishga bo‘lgan mexanizm kabi bir xil ishlaydi, deydi Milliy energetika instituti bosh direktori o‘rinbosari Aleksandr Frolov.
Yevroittifoq mamlakatlari Rossiya neftidan qayta ishlangan mahsulotlarni xarid qila olmaydi. Biroq neft embargosi kabi bunda bir qancha istisnolar nazarda tutilgan.
Masalan, Bolgariya 2024-yil so‘nggigacha Rossiya neftidan qayta ishlangan mahsulotlarni xarid qilishi mumkin. Xorvatiyaga esa 2023-yil oxirigacha Rossiya Federatsiyasidan neftni qayta ishlash zavodlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan vakuumli gazoyl sotib olishga ruxsat berildi.
“Neft mahsulotlari asosan dengiz orqali yetkazilgan ekan, bunda ushbu turdagi sanksiyalarning ikkinchi tomoni haqida ta’kidlash joiz, - deydi Aleksandr Frolov. - Yevropa kompaniyalariga Rossiya neft mahsulotlarini sotib olishga taqiq o‘rnatilishi bilan bir vaqtda Yevropa korxonalari uchun ularni dengizdan tashib o‘tishga taqiq kuchga kiradi. Shuningdek, u yoki bu masala bilan bog‘liq bo‘lgan Yevropa kompaniyalari uchun dengiz transportini ta’minlashda ishtirok etishni taqiqlash - masalan, Rossiya neft mahsulotlarini tashuvchi kemalarni sug‘urta qilish, moliyalashtirish, xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi”.
Shu bilan birga, ekspertning qayd etishicha, uchinchi davlatlarga nisbatan ushbu sanksiyani qo‘llash xususiyati bo‘yicha aniq istisnolar bor.
“Agar uchinchi mamlakatda Rossiya neft mahsulotlari qo‘shimcha qayta ishlab chiqarishga duchor bo‘lsa, ular Rossiya mahsuloti hisoblanmaydi, - deydi Aleksandr Frolov. - Hali o‘zgarishi mumkin bo‘lgan dastlabki qoidalarga ko‘ra, har qanday neft mahsuloti neftni qayta ishlash jarayonidan o‘tishi mumkin, shundan so‘ng u Rossiyaniki hisoblanmaydi.”
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “manyovr” uchun ancha keng maydon yaratadi.
“Masalan, tijorat dizelini vakuum yoki atmosfera tarkibiy qismlariga ajratish, kerak bo‘lsa, distillyatsiyalash mumkin. Ammo agar tijorat neft mahsulotini ushbu turda qayta ishlashga to‘g‘ri kelsa, unda bir xil neft mahsulotini olgan bo‘lasiz”, - deydi ekspert.
Uning fikricha, dastlabki reglamentdagi bu kamchilik bartaraf qilinadi, chunki bu sodir bo‘lmasa, u holda manyovr uchun juda katta maydon yaratiladi. “Bu maydon ancha katta degan bo‘lardim”, - deydi Aleksandr Frolov.
Navbatdagi eng yuqori narx
Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Yaponiya va Avstraliya Rossiya neft mahsulotlariga eng yuqori narx belgilanishini tasdiqladi.
Neftga (masalan, dizel va mazut) yuqori narxda sotiladigan mahsulotlar uchun narx chegarasi bir barrel uchun 100 dollar, chegirma bilan sotiladigan mahsulotlar uchun (masalan, mazut) bir barrel uchun 45 dollar qilib belgilangan.
Yevropa Ittifoqi, aslida, o‘z embargosi bilan allaqachon o‘ziga Rossiya neft mahsulotlarini sotib olishni taqiqlab qo‘ygan va kollektiv G‘arb Rossiyaning uchinchi mamlakatlarga eksportidan tushadigan daromadini narx chegarasi bilan cheklamoqchi.
“Agar mahsulotlar Rossiyaga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lmagan davlatlar tomonidan belgilangan limitdan ortiq bo‘lsa, G‘arb tashuvchilari Rossiya neft mahsulotlarini uchinchi mamlakatlarga tashishni sug‘urta qila olmasligi nazarda tutilmoqda”, - deydi Energetika xavfsizligi milliy jamg‘armasi yetakchi eksperti Igor Yushkov, - Ya’ni, Rossiya neft mahsulotlarini tankerga yuklashda tanker egasi ushbu neft mahsulotlari narxi to‘g‘risida qandaydir ma’lumotnoma olishi kerak. Agar u eng yuqori narx ko‘rsatkichidan ko‘p bo‘lsa, u holda Yevropa Ittifoqi va G7 mamlakatlari sanksiyalar (hamkorlik qilish ikki oyga taqiqlanadi) tahdidi ostida tashishni taqiqlaydi”.
Aslida uning kemasi ishlamay qoladi, deydi mutaxassis. Shu sababli, mazkur sanksiya Rossiya neft mahsulotlarini tashish bosqichida aniq ta’sir qiladi.
Aleksandr Frolov ta’kidlaganidek, Rossiya nefti va neft mahsulotlariga eng yuqori narx tizimi, aslida, yuk tashish ekotizimiga qonuniy o‘tishdir.
“Agar Rossiya o‘z neft mahsulotlarini narx chegarasi doirasida sotishga rozi bo‘lsa, u holda Rossiya kompaniyalari dengiz transporti xizmatlari - sug‘urta, moliyalashtirish, brokerlikdan foydalanishda davom etishlari mumkin”, - deydi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya neft mahsulotlari narxi pasayishi mumkin, lekin eng yuqori narx tufayli emas, balki transport xarajatlari oshgani bunga sabab bo‘ladi.
Yoqilg‘i taqchilligi, ishlab chiqarishning kamayishi va boshqa ehtimoliy oqibatlar
Yevropa Rossiya neft mahsulotlari uchun muhim bozor bo‘lgan, deydi FNEB yetakchi eksperti Stanislav Mitraxovich. Eng yuqori cho‘qqisida mintaqaga kuniga 0,8-1 million barrel turli neft mahsulotlari yetkazib berilayotgan bo‘lsa, uning yarmidan ko‘pi dizel yoqilg‘isi bo‘lgan.
“Bir tomondan, yetkazib berishni qayta yo‘naltirish kerak bo‘ladi, ikkinchi tomondan, neft qazib olishni qisman qisqartirish kerak bo‘lishi mumkin, chunki ilgari tashqi bozorlarda sotilgan bunday miqdordagi neft mahsulotlarini sotish qiyin bo‘ladi”, - deydi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorda neft mahsulotlarini xom neftga nisbatan qo‘shish qiyinroq, chunki import qiluvchi davlatlar odatda o‘zlarining qayta ishlash quvvatlariga ega va o‘z neftni qayta ishlash zavodlarida keyinchalik qayta ishlash uchun aynan xom neftni sotib olishdan manfaatdor.
“Bu borada Rossiyaga o‘z neft mahsulotlarini sotish qiyinroq. Lekin shunga qaramay imkoniyatlar bor. Rossiya neft mahsulotlarining Turkiya, Marokash va boshqa mamlakatlarga eksporti oshishi haqida ma’lumotlar bor”, - deydi ekspert.
Avvalgi yillarda Rossiyadan neft ta’minotining 65% Yevropa hissasiga to‘g‘ri kelgan, davom ettiradi Frolov. Va endi bu mintaqaga yetkazib berishni taqiqlash Rossiya Federatsiyasi uchun juda muhim - aslida mamlakat neft mahsulotlarining yarmidan ko‘pini boshqa bozorlarga yo‘naltirishi kerak.
“Embargodan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asosiy oqibat Rossiyada neft mahsulotlari ishlab chiqarishning qisqarishi va, ehtimol, neft qazib olishning qisqarishi bo‘lishi mumkin, - deydi ekspert - Shunga qaramay, qisqartirish masalasi ta’minot zanjirlarini qayta tiklash masalasiga bog‘liq - agar logistika to‘g‘ri qayta qurilsa, tanker sig‘imi yetarli bo‘lsa, unda hech qanday katta o‘zgarishlarni ko‘rmaymiz. Agar logistika qayta qurilishi bir oydan oshsa, - ya’ni bir yil-ikki- keyin, ehtimol, kelgusi yoki ikki yil ichida biz neftni qayta ishlashning qisqarishini ko‘ramiz, bu turli neft mahsulotlari uchun farq qiladi”.
Agar Rossiyada neftni qazib olish hajmi kamaysa, u 5-7% darajasida bo‘ladi, deya baho bermoqda Stanislav Mitraxovich.
Igor Yushkov embargo va narxlarning yuqori chegarasini joriy etishning asosiy oqibatlaridan biri sifatida Rossiyaga neft mahsulotlarini tashish uchun mavjud bo‘lgan tankerlar sonining kamayishi demoqda.
“Xuddi shuni 5-dekabr kuni Rossiya neftiga nisbatan qo‘llangan cheklovlarda ko‘rdik, - deydi u. Xalqaro kompaniyalar ko‘pincha Rossiya neftiga aralashishdan va uni tashishdan qo‘rqishardi. Chunki o‘yin qoidalari rasmiy ravishda shunday belgilangan: kema egasi neft egasidan narx yozilgan sertifikatni so‘rashi kerak. Agar u eng yuqori narxga to‘g‘ri kelsa, u holda uni olib o‘tish mumkin. Ammo bu qanday sertifikat bo‘lishi kerak, uni kimga topshirish kerak, qaysi organ ruxsat berish kerakligi noma’lum. Bundan tashqari, agar neft mahsulotlari egasi soxta sertifikat bergan bo‘lsa, nima qilish kerakligi noma’lum - bunda kema egasi tashish uchun jarimaga tortiladimi va h.k. Bu noaniqlik xalqaro yuk tashish kompaniyalarini Rossiyadan neftni zaharli deb qabul qilishga olib keldi. Xuddi shu narsa neft mahsulotlari bilan ham sodir bo‘ladi- o‘ylaymanki, bu kompaniyalar bir necha oyga uzoqlashadi va kuzatib turadi”.
Igor Yushkovning so‘zlariga ko‘ra, jahon flotida neft mahsulotlarini tashuvchi tankerlar neft tashuvchi tankerlarga qaraganda ancha kam. Bu shuni anglatadiki, nisbatan kam sonli bunday tankerlardan Rossiyaga undan ham ozrog‘i mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasidan neft mahsulotlarini eksport qilishga flotni shakllantirish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.
“Shu sababli, yaqin oylarda Rossiyadan neft mahsulotlari eksporti kamayishi istisno emas. Ammo bu bilan biz shunchaki qayta ishlashni qisqartiramiz va ko‘proq xom neft eksport qilamiz. Ya’ni, bu nuqtayi nazardan, bu nafaqat ishlab chiqarishni qisqartirish, balki neft mahsulotlari eksportini kamaytirish uchun qayta ishlashni qisqartirish bo‘ladi”, - deydi Igor Yushkov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tish davri olti oygacha – Rossiya o‘z neft mahsulotlarini Osiyo va boshqa muqobil bozorlarga eksport qilish uchun yetarli miqdordagi tankerlar topilguniga qadar, o‘z neft mahsulotlarini qurish va shartnomalar tuzilgunga qadar cho‘zilishi mumkin.
“Bu davrda Rossiya nefti va neft mahsulotlariga chegirma saqlab qolinadi. Birinchi yarimyillik o‘zgarishlar borasida ancha tarang va shiddatli bo‘lishi mumin”, - deydi Igor Yushkov.
Neft va gaz sektori mustaqil tahliliy agentligi bosh direktori Tamara Safonovaning so‘zlariga ko‘ra, dekabr oyi boshida narxlarning yuqori chegarasi joriy etilganidan keyin Yevropa Ittifoqi davlatlaridan do‘st mamlakatlarga neft eksportini diversifikatsiya qilish muvaffaqiyatli bo‘ldi.
“Ta’kidlash joizki, Rossiya neft mahsulotlariga jahon bozorida talab yuqori va Hindiston, Xitoy, Quvaytdan Yevropaga neft mahsulotlarini sotib olishning o‘zgarishi ichki bozor ehtiyojlarni qondirish uchun eksport qiluvchi mamlakatlar tomonidan Rossiya neft mahsulotlarini sotib olish zaruriyatiga olib keladi, - deydi ekspert. Shu bilan birga, agar Rossiya neftning eksport yuk oqimini cheklasa, u holda dunyoda neft mahsulotlari ishlab chiqarish kamayadi va eng yirik neft import qiluvchi davlatlar Rossiya neft mahsulotlarini sotib olishdan manfaatdor bo‘ladi”.
G‘arb mamlakatlari uchun, Igor Yushkovning ta’kidlashicha, cheklovlarning oqibatlari yaxshi bo‘lmaydi, chunki Yevropada neft mahsulotlari tanqisligi va shunga mos ravishda ularning narxi oshishi mumkin.
Aleksandr Frolovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Yevropa Ittifoqining dizel yoqilg‘isiga bo‘lgan talabining taxminan 10 foizini “yopadi”. “Shubhasiz, ularga Rossiya ta’minotini almashtirish qiyin bo‘ladi”, deydi u.
“Yana bir oqibat shundaki, Yevropada neftni qayta ishlash borgan sari ko‘proq autsorsingga o‘tishi mumkin, - deydi Igor Yushkov. – Ya’ni, neft mahsulotlari ko‘proq Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqariladi va tayyor neft mahsulotlari Yevropa bozoriga yetkazib beriladi, mahalliy neftni qayta ishlash zavodlariga esa ish yuklamalari kamroq qoladi. Buning ortidan, Yevropa uchun neft mahsulotlari yanada qimmatlashadi”.
Rossiya yo‘qotishlarni qanday qilib kamaytirishi mumkin?
Stanislav Mitraxovichning taxminlariga ko‘ra, Yevropa neft mahsulotlariga nisbatan o‘z sanksiyalarini amalga oshirishga ko‘z yumadi. Hech bo‘lmaganda, yaqin bir necha oy ichida, o‘tish davrida, chunki Yevropa Ittifoqiga neft mahsulotlari o‘rnini bosuvchi vosita topish juda qiyin bo‘ladi.
“Men, masalan, Rossiya dizeli ma’lum bir davlatga yetib, propiska portini nominal ravishda o‘zgartirib, keyin Yevropaga eksport qilinadigan bo‘lsa, YeI ba’zi almashtirish yoki almashuv operatsiyalariga ko‘z yumishini istisno etmayman. Yoki almashtirish dengizning biror joyida sodir bo‘lsa - masalan, rus dizeli kimgadir o‘tkaziladi, rasmiy ravishda u endi Rossiyaniki hisoblanmaydi va qandaydir tarzda Yevropaga etib boradi. Boshqa davlatlardan ham real reeksport bo‘ladi”, - deydi Stanislav Mitraxovich.
Rossiya Yevropa Ittifoqiga ilgari yuborilgan neft mahsulotlarini qayta yo‘naltirishi mumkin bo‘lgan bozorlar Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yaqin Sharq va Afrika (ayniqsa uning shimoliy qismi) bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi Aleksandr Frolov.
"Ya’ni, prinsipial jihatdan, biz so‘nggi yillarda o‘z ishtirokimizni kengaytirgan bozorlarda o‘z ishtirokimizni yanada kengaytirishimiz mumkin, bu esa Yevropa bozoriga qaramlikni kamaytiradi, - deydi u. - Agar alohida neft mahsulotlarini olsak, masalan, modifikatsalangan bitum - ularni Lotin Amerikasigacha yetkazib berishimiz mumkin. Bu Rossiya Federatsiyasidan juda uzoq bozorlarda o‘z xaridorlarini topadigan yuqori marjinal neft mahsulotlari".
Shuningdek, Rossiya neft mahsulotlari importini oshirish salohiyati, ekspertning fikriga ko‘ra, ayirboshlash operatsiyalarida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan qo‘shni davlatlarga ega - ya’ni Rossiya dizel yoqilg‘isini, masalan, Qozog‘istonga sotishi mumkinyu. U esa u o‘z dizel yoqilg‘isining bir qismini ichki bozordan olib tashlashi va uni Yevropa Ittifoqiga yuborishi mumkin.
Igor Yushkov ham savdo bozorlarini qayta qurish istiqbollarini tasdiqlamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z neft mahsulotlarini Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga jo‘natishi mumkin, ular ichki bozorga chiqadi, Rossiya neftidan qayta ishlagan hamma narsa esa ichki iste’mol o‘rniga tashqi bozorlarga jo‘natiladi.
“Chunki bu davlatlar neft va neft mahsulotlarini Rossiyadan chegirmali narxlarda sotib oladi, neft mahsulotlarini esa jahon narxlarida sotishlari mumkin. Shunday tarzda daromad topish mumkin. Bunday effekt ham istisno emas”, - deya xulosa qiladi ekspert.