TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin genom bo‘yicha (DNKni yig‘ish) majburiy ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan kishilar ro‘yxatini kengaytirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy axborotning rasmiy portalida chop qilingan.
Ilgari genom bo‘yicha ro‘yxatga olish faqat og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat hamda dastlabki tergov jarayonida biologik material olingan aniqlanmagan shaxslar uchun majburiy edi.
Yangi qonun majburiy genom ro‘yxatiga olish va DNKni yig‘ish ozodlikdan mahrum etilgan hamma mahkumlar, jinoyat sodir etishda gumonlanuvchilar va ayblanuvchilar hamda ma’muriy qamoqqa olinganlarga ham taalluqli bo‘lishini belgilaydi.
Hujjatga ko‘ra, mahkumlar va gumonlanuvchilar ularning reabilitatsiya bo‘lishga huquqlari paydo bo‘lgan taqdirda, ularning genom ma’lumotlarini yo‘q qilishni talab qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvardan ayrim shaxslarni genom bo‘yicha majburiy ro‘yxatga olish tartibi kuchga kirgan.