Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Artyomovsk va Ugledar yaqinida Kiyev kimoviy qurollarni qo‘llagani faktlari bor – Pushilin

DXR rahbari vazifasini bajaruvchining so‘zlariga ko‘ra, jangchilardan lohaslikdan shikoyat kamida uch haftadan buyon tushmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Artyomovsk va Ugledar yaqinida kimoviy qurollarni qo‘llamoqda. Bu haqda Donesk xalq respublikasi (DXR) rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin ma’lum qildi.
“Bizga shunday ma’lumot bilan murojaat qilgan bo‘linmalarimiz, qo‘mondonlarimiz so‘zlariga ko‘ra, bu nafaqat Artyomovsk yo‘nalishida, balki Ugledar yo‘nalishida ham kuzatilmoqda. Bizning harbiy xizmatchilarimizda lohaslik keltirib chiqarayotgan kimoviy birikmalarni qo‘llash faktlari bor”, - dedi Pushilin "Rossiya 24" telekanali efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jangchilardan bunday shikoyat kamida uch haftadan buyon tushmoqda.
"Uchuvchisiz uchar qurilmalardan bo‘linmalarimiz joylashgan joyga tashlashmoqda", - deya qo‘shimcha qildi DXR rahbari vazifasini bajaruvchi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.