O‘zbekistonlik velosportchilar Parijdagi Olimpiya o‘yinlari uchun ilk ochkolarini qo‘lga kiritdi

13.5 kilometr masofadan iborat dastlabki poygada Olga Zabelinskaya marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik velosportchilar 2024-yili Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olishda ilk litsenziya ochkolarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Tashkent city cycling woman team” klubi a’zolari Kiprdagi xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda.
13.5 kilometr masofadan iborat dastlabki poygada Olga Zabelinskaya marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Shuningdek, terma jamoa vakillaridan Yanina Kuskova 4, Shahnoza Abdullayeva 11, Madina Qahhorova 13 natijani qayd etdi.
Musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etmoqda. Hozircha “Tashkent city cycling woman team” 58 ochko bilan umumiy klassifikatsiyada peshqadamlik qilyapti.