TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov iroqlik hamkasbi Fuad Husaynga G‘arb davlatlari ko‘p yillardan beri Ukrainani Rossiya bilan gibrid urushga qanday tayyorlagani haqida gapirib berdi.
“Biz vazirning iltimosiga binoan G‘arb ko‘p yillardan buyon Rossiya Federatsiyasiga qarshi gibrid urush uchun tayyorlab kelgan Ukraina atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga izoh berdik. (Biz) Minsk kelishuvlarini buzish maqsadini tasdiqlovchi aniq misollar keltirdik. Bu buzish Ukrainaning ham, G‘arbning ham vazifasi bo‘lganini Putindan tashqari ularni imzolaganlarning hammasi ochiq tan olgan. Biz ushbu kelishuvlarni buzishdan maqsad Ukrainani Rossiya Federatsiyasiga qarshi qurollantirish uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, Ukraina davlatining rus va rusiyzabon aholisining huquqlarini yo‘q qilish bo‘lganini ko‘rsatuvchi faktlarni keltirdik”, - dedi Lavrov.
Avvalroq Ukrainaning sobiq prezidenti Potr Poroshenko u o‘z oldiga Minsk kelishuvlarini bajarish maqsadini qo‘ymaganini tasdiqlagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, unga bu kuchli Ukraina Qurolli kuchlarini shakllantirish uchun kerak edi.
Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel "Die Zeit" nashriga bergan intervyusida 2014-yilgi Minsk shartnomalari aslida Ukrainani qurollantirish uchun vaqt yutishga urinish bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Ukraina esa bundan kuchayish uchun foydalangan. Bundan tashqari, Fransiyaning sobiq rahbari Fransua Olland Poroshenko va Merkel so‘zlarini tasdiqladi.
2022 yil 24-fevralidan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.