O‘zbekistonliklar “Katta dubulg‘a” turnirida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritishdi

60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida o‘zbekistonlik sportchi Kamoliddin Baxtiyorov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Parijda dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirining final bahslari bo‘lib o‘tdi.
60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida o‘zbekistonlik sportchi Kamoliddin Baxtiyorov bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Ushbu bosqichda o‘tgan yilgi jahon chempionati finalchisi mo‘g‘ulistonlik Ariunbold Enxtayvan bilan bellashgan Baxtiyorov bahsni o‘z foydasiga hal qildi. Bu Baxtiyorovning xalqaro turnirda ilk bor shohsupaga ko‘tarilishi.
Shuningdek, 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida o‘zbekistonlik sportchilar Shohrux Baxtiyorov va Alisher Yusupov bronza medali uchun bahslashdi. Qiziqarli kechgan jangda Yusupov g‘alaba qozonib, terma jamoa hisobini navbatdagi bronza medali bilan to‘ldirdi.