Belgrad shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston 6-o‘rinni egalladi

Serbiya poytaxtida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida Birinchi shaxmat Olimpiadasi o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Belgrad shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida Birinchi shaxmat Olimpiadasini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.

Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxmatchilar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbekistonlik Ahadxon Kimsanboyev 2-o‘rinni egalladi. Shuningdek, Ahadxon o‘z yo‘nalishida musobaqaning eng yosh ishtirokchisi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Marsel Shayusupov zaif eshituvchilar o‘rtasida musobaqaning eng yosh ishtirokchisi sifatida qayd etildi.
O‘zbekiston terma jamoasi yakunda umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egalladi.