TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Hukumat qarori bilan konsertlarda qatnashadigan, qo‘shiq va videokliplar chiqaradigan san’atkorlar uchun litsenziya narxi pasaytirildi.
Unga ko‘ra litsenziya narxi:
I reyting guruhi ijrochilari uchun – BHMning 20 baravaridan 50 baravarigacha;
II reyting guruhidagi ijrochilar uchun - BHMning 10 baravaridan 25 baravarigacha pasaytirilgan.
Shuningdek, yubiley tantanalari, to‘ylar, restoranlarda, kafelarda, xususiy uylarda “sunnat to‘y”ini o‘tkazish uchun musiqachilar, raqqosalar, boshlovchilar, hajvchilar, didjeylar BHMning 3 baravari miqdorida (ilgari – 4 dan 7 BHMgacha) davlat bojini to‘lashlari kerak.
Respublika mutasaddilari tomonidan konsert-tomosha faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.