TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Qo‘qon biokimyo zavodi xususiylashtirildi. Xususiylashtirish dasturi doirasida “Qo‘qon biokimyo” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi davlat ulushining 99,7 foizi 277,0 milliard so‘mga sotildi. Xaridor “First Premium Alliance” MChJ bo‘ldi, deya xabar beradi Davlat aktivlari agentligi.
Bitim yakunlangandan so‘ng xaridor spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda raqamli markalashni joriy etish majburiyatini oladi.
“Qo‘qon biokimyo” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqaradigan asosiy mahsulot turi oziq-ovqat etil spirtidir. “First Premium Alliance” MChJ - alkogolli mahsulotlar ulgurji va chakana savdosiga ixtisoslashgan O‘zbekiston kompaniyasi.