TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Xitoy elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U O‘zbekistonda 5-yil ishladi. Bu haqda Taqshi ishlar vazirligi xabar berdi.
TIV rahbari Baxtiyor Saidov Szan Yanni qabul qildi. Uchrashuvda elchining O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarga qo‘shgan faoliyati va hissasi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Szan Yan, o‘z navbatida, Xitoyning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyatida o‘zbekiston tomonidan har tomonlama ko‘mak bergani uchun minnatdorlik bildirdi.
“Elchi xonimdan mening do‘stim, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sin Gan janoblariga eng samimiy tilaklarimni yetkazishni so‘radim”, deydi Saidov.
Ma’lumot uchun, Xitoy elchisi Szan Yan O‘zbekistonda o‘z faoliyatini 5-yil davomida olib bordi. U avval Xitoyning Rossiya va Qozog‘iztondagi elchixonalarida ham ishlagan.