TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Qozog‘iston Milliy banki dunyoda birinchilardan bo‘lib 3D o‘ta yuqori relyef texnologiyasiga ega tangalarni muomalaga chiqardi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Milliy bank “Qozog‘iston o‘simlik va hayvonot dunyosi” turkumidagi Balqash Alabuǵasy kolleksiya tangalarini muomalaga chiqardi. Dizayn konsepsiyasini ishlab chiqishda bank mutaxassislari tangaga yangi texnologiyalarni qo‘llashga qaror qilishdi.
Qozog‘iston zarbxonasi 3D o‘ta yuqori relyef texnologiyasidan foydalangan holda innovatsion zarb qilishni sinovdan o‘tkazdi. Sinov natijalariga ko‘ra, tanga tekisligidan 17 mm baland perch boshi relyefiga ega prototip olindi.
Tangalar ikki xilda ishlab chiqariladi:
925/1000 kumush probasidan 3D texnologiyasi va o‘ta yuqori relyefli, og‘irligi 100 gramm, diametri 50 mm, nominal qiymati 1000 tanga, tiraji 500 dona;
kupronikel kumush qotishmasidan tayyorlangan MN 25, og‘irligi 15 gramm, diametri 33 mm, “rroof-like” ishlab chiqarilgan, nominal qiymati 200 tanga, tiraji 20 000 dona.
Milliy bank matbuot xizmati matlum qilishicha, hozircha dunyoning hech bir zarbxonasi bunday natijaga erisha olmaydi.