Agar meyorda iste’mol qilinsa, apelsin va qulupnay qandli diabetga chalinganlar uchun xavfsiz, deydi parhezshunos Svetlana Pavlichenko.
Qandli diabetga chalingan insonlar kundalik taomnomasini qattiq nazorat qilishi, oziq-ovqat mahsulotlarida, ayniqsa, mevalarda qancha uglevodlar miqdorini bilish zarur. Apelsin, qulupnay, maymunjon (yejevika) iste’mol qilish mumkin.
Biroq, shifokorning ogohlantirishicha, quruq mevalar, mayiz, quritilgan xurmo iste’molini kamaytirish lozim. Qolaversa, qandli diabetga chalinganlarga qadoqlangan sharbatni umuman iste’mol qilmaslikni tavsiya qiladi. Chunki, bunday sharbatda kletchatka yo‘q, aksincha tarkibida shakar ko‘p. Qadoqlangan sharbat II tur diabet kasalligiga olib kelishi ham tasdiqlangan.