O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlat mandarinlarini iste’mol qilishmoqda?

O‘zbekiston bozorlarida asosan 5 ta davlatdan keltirilgan mandarinlar sotilmoqda. O‘tgan yili O‘zbekiston mandarin importini 28,3 ming tonnaga oshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekistonda mandarin importi 28,3 ming tonnaga oshdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
O‘tgan yili mamlakat 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 15,8 mln dollarga teng bo‘lgan 63,6 ming tonna mandarin import qilgan. Bu ko‘rsatgich 2021-yil bilan solishtirilganda 28,3 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston mandarin mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Pokiston – 51,1 ming tonna;
Xitoy – 5,8 ming tonna;
Turkiya – 4,3 ming tonna;
Eron – 778 tonna;
Misr – 442,2 tonna.
Ma’lumot uchun, respublika bozorlarida Pokiston, Turkiya, Xitoydan keltirilgan mandarinlar 15-45 000 so‘mgacha sotilmoqda. Toshkentdagi Chorsu bozori rastalarida sovg‘a hamda ziyofatlar uchun savatlarda mevali yasatma (fruktoviy nabor) 700 000 so‘mdan 3000 000 so‘mgacha sotilmoqda.