TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Kiyevga Amerika tanklarini yetkazib berish Bayden ma’muriyatining obro‘-e’tiborini saqlab qolish uchun qilgan hiylasidir. Bu haqda AQSh dengiz piyodalari korpusining iste’fodagi razvedkachisi Skott Ritter Judging Freedom kanaliga bergan intervusida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga jo‘natilgan harbiy texnikaning oz miqdori, shuningdek, yetkazib berish muddatining uzoqligi Ukraina inqirozidagi vaziyatga Kiyev foydasiga ta’sir qilmaydi.
"Bu siyosiy himoya. Men hozir sizga aytmoqchiman: Bayden hamma narsani biladi, Ostin hamma narsani biladi, Sallivan biladi. Ularning bari hammasi tugaganini biladi. Shuning uchun ular Amerika xalqining ko‘ziga qarash va biz Ukrainaga qo‘limizdan kelganicha yordam berdik, deyish uchun imkoniyat yaratmoqda, ammo bu yetarli emas edi. Xuddi ruslar juda katta va qo‘rqinchli. Ammo haqiqat shundaki, biz hatto harakat qilmaymiz. Biz tom ma’noda Ukrainani va Ukraina armiyasini qurbon qilyapmiz", dedi Ritter.