TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Bugun Afg‘onistonda uch marta 4 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun birinchi yer silkinishi soat 02:22 da qayd etilib, u 4,5 ballga teng bo‘lgan. Soat 8:37 da ikkinchi zilzila 4,2 balli qayd etildi. Zilzila episentri Toshkentdan 500 kmdan ortiq janubiy-sharqda.
Uchinchi holat esa soat 10:46 da (4 balli) sodir bo‘ldi. Zilzila episentri Toshkentdan 523 km janubiy-sharqda.