Rossiyalik ishbilarmonlar O‘zbekistonda amalga oshiriladigan biznes rejalarni muhokama qilishdi

Toshkentda rossiyalik ishbilarmonlar klubining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Toshkentda rossiyalik ishbilarmonlar klubining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Toshkentdagi Rus uyida Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi qoshidagi Ishbilarmonlar klubining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Rossiyaning respublikadagi elchixonasi ko‘magida o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston bozorida faol ish olib borayotgan Rossiyaning 30 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi.

“Biz biznes-klub dolzarb masalalar va O‘zbekiston bozorida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini muhokama qilish, yuzaga kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalari bo‘yicha fikr almashish uchun doimiy maydonga aylanadi, deb umid qilamiz”, - deydi Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev.

Uchrashuv davomida Rossiya-O‘zbekiston yangi “Jizzax” texnoparkining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar “Magnit” kompaniyasining mamlakatgi faoliyatini kengaytirish, yengil sanoatda sanoat kooperatsiyasi istiqbollari va boshqa ko‘plab masalalarni muhokama qilishdi.
Tomonlar aprel oyida Toshkentda uchinchi bor o‘tkaziladigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasiga tayyorgarlik masalasini ham ko‘rib chiqishdi.
Kelgusida Ishbilarmonlar klubining yig‘ilishlari muntazam ravishda, jumladan, o‘zbekistonlik hamkorlar ishtirokida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.