Mirziyoyevning Namanganga tashrifi to‘qimachilik korxonasidan boshlandi

Prezident ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Mahsulotlar sifati va eksport salohiyatini yuqori baholadi.
Sputnik
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi Davlatobod tumanidagi “Fazman tekstil” korxonasidan boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Namanganskuyu oblast na predpriyatie "Fazman tekstil" v Davlatabadskom rayone.
Xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti natijasida Namangan viloyatida “Waikiki”, “Baldessarini”, “ZARA” kabi brendlar ostida kiyimlar ishlab chiqarilmoqda. Yaqinda ochilgan “Fazman tekstil” esa Germaniyaning dunyoga mashhur “Digel” va "Carl Gross" brendlari bilan hamkorlik o‘rnatgan.
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Namanganskuyu oblast na predpriyatie "Fazman tekstil" v Davlatabadskom rayone.
Loyiha qiymati 20 million dollar bo‘lib, buning hisobidan ulkan inshoot barpo etilgan, Germaniya va Turkiyadan zamonaviy uskunalar olib kelingan. Mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan.
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Namanganskuyu oblast na predpriyatie "Fazman tekstil" v Davlatabadskom rayone.
Korxona yiliga 1 million dona kostum-shim ishlab chiqarish quvvatiga ega. Joriy yilning o‘zida 15 million dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.