TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Samarqand shahrida 10–11 fevral kunlari Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida “Travel Bazaar 2023” turizm forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirda 200 dan ortiq mehmonlar: turoperatorlar va gidlar, restavratorlar, mehmonxonachilar va turizm bilan bog‘liq korxonalar, ijodiy industriya va davlat sektori vakillari qatnashadi. Ular real holatlar, qiyinchiliklar va sayohat tendensiyalarini muhokama qiladi.
Forumda ikki kun davomida 9 davlatdan 40 nafar ma’ruzachi so‘zga chiqadi.
Forumda ko‘rgazma va gastronomik zonalar, B2B uchrashuvlar va innovatsion turizm mahsulotlari taqdimoti ham o‘tkaziladi.