Rasul Kusherbayev tabiat resurslari vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

U bunga qadar u Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputat sifatida faoliyat yuritgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev - Sputnik. Sobiq deputat Rasul Kusherbayev tabiat resurslari vaziriga maslahatchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Kusherbayev Rasul Xidraliyevich O‘zbekiston tabiat resurslari vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, bunga qadar u Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputat sifatida faoliyat yuritgan.
Rasul Kusherbayev 1987-yil 12-yanvarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2007-yilda Liberal-demokratlar partiyasi Toshkent viloyat boshqarmasi yoshlar bo‘limi boshlig‘i sifatida boshlagan. U deputatlik faoliyatini 2014-yilda boshlagan. 2022-yilning dekabr oyi oxirida deputatlik faoliyatini o‘z xohishi bilan yakunlagan.