TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a’zo davlatlar G‘arb qanday maqsadga intilayotgani ko‘rmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "Rossiya 24" va RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz ko‘rapmizki, bizning do‘stlarimiz (KXShT bo‘yicha – tahr.) G‘arb bizning umumiy maydonimizda qanday maqsadlarni ko‘zlaganini ko‘rishapti, tushunishapti. Va bizning integratsion rejalarimizning keyingi rivojlanishini ta’minlaydigan qo‘shimcha mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish va yaratishni xohlashapti”, - dedi Lavrov.
Rossiya vazirining ta’kidlashicha, bu mexanizmlar G‘arb ta’siriga qarshi turadigan va tashqi noqonuniy ta’sirlardan himoyalangan shakllarda bo‘ladi.