Chet el fuqarolarini mehmonxonalarda ro‘yxatga olish muddati 3 kungacha uzaytiriladi

Vazirlar mahkamasi O‘zbekistonga kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olishni soddalashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olishni soddalashtiriladi. Buni nazarda tutuvchi tegishli Hukumat qarori qabul qilindi va 31-yanvardan kuchga kirdi.
Hujjatda xorijliklarni vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligining migratsiya organlarida ro‘yxatga olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.
“Endilikda chet el fuqarosi kelganidan keyin 3 kun ichida xususiy uy-joy, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalariga joylashtirishda ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qilishi talab etiladi”, - deyiladi hujjatda.
Buni Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qilish orqali ham, E-mehmon tizimi orqali ham amalga oshirish mumkin. Ilgari mehmonxona egalari xorijliklarni 2 kun ichida ro‘yxatga olishi kerak bo‘lgan.
Bundan tashqari, chet el fuqarosi O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzsa, uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ichki ishlar organlaridan ruxsat olish talab etilmasligi aytilgan.